“Insoniylik biz o‘zga insonlarga qanday muomala qilishimiz bilan belgilanmaydi.
Insoniylik biz hayvonlarga qanday muomala qilishimiz bilan belgilanadi.”
Chak PALANIK

Boshpanamizda boqilayotgan qarovsiz qolgan hayvonlar yordamga muhtoj

Hayvonlarimiz uchun eng muhimi – ovqat.
Har kuni ikki marta ovqatlantirish uchun bir necha yuz kilogramm go‘shtli subproduktlar va bir qop yorma ketadi (o‘n kilogrammlik qozonlarda sabzavotlar qo‘shib bo‘tqalar pishiriladi).
Quruq ozuqalar ham yaraydi.

Hududni tozalash, hayvonlarni o‘ynatish uchun ko‘ngillilarning yordami zarur.
Ko‘rpalar, dorilar, qurilish materiallari, oziq-ovqatlarini olib kelish, hayvonlarni klinikaga olib borish uchun transport kerak.
Transport ayniqsa sterilizasiya davrida juda dolzarb.

Eng muhimi qaramog‘imizdagi xar bir hayvon o‘z uyi haqida orzu qiladi.
Ijtimoiy tarmoqlar, odamlar orqali hayvonlarimizga g‘amho‘r ularni yaxshi ko‘radigan egalarini topishga yordam bering.

Qaramog‘imizdagi hayvonlarning eng katta orzusi unga hiyonat qilmaydigan, ko‘chaga haydab yubormaydigan, bir burda noni bilan bo‘lishadigan do‘sti bo‘lishidir.

Facebook tarmog‘ida bizning guruhimiz bor, albatta unga kiring.
Har shanba kuni Boshpanaga bepul transport tashkil qilamiz, hamma anonslar gruppaga tashlaymiz.

Agar sizda kelishga va shaxsan yordam berishga, hayvonni boqib olishga imkoniyat bo‘lmasa ham, bu hayrli ishni rivojlantirishga o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin.
Payme to‘lov tizimi orqali boshpanamizga yodam ko‘rsatishingiz mumkin:
- Payme to‘lov tizimiga kiring;
- «Xizmatlar uchun to‘lov»ni tanlang;
- «Xayr-sahovat» bo‘limini tanlang;
- Hayot boshpanasi logotipini toping;

- boshpana logotipi yozilgan tugmani bossangiz, Qarovsiz Qolgan Hayvonlarni ximoya qilish jamiyati MChJ ochiladi;
- to‘lov summasini ko‘rsating;
- to‘lash tugmasini bosing.

Yoki CLICK tizimi bo‘yicha to‘lash mumkin.




"Biz uy qurmoqdamiz"

Boshpana qurish uchun yer 2013 yilda ajratilgan edi.
Lekin, faqat 2018 yilda boshpana to‘liq yuridik manzilga ega bo‘ldi.

Hususiy tadbirkorlar va kompaniyalar bir necha o‘n tonna sement, profnastil, yog‘ochlar sovg‘a qilishdi.

Hozirda biz oshxonani quryapmiz. Boshpana tog‘da joylashgan, u yerda kuchli shamol bo‘lgani sababli ovqat pishirish qiyin.
Shuning uchun hayvonlarimizga bemalol ovqat pishirish imkoni bo‘lgan yopiq xona qurish kerak.

Keyingi rejalarimiz qurilish hududini kengaytirish.
Bizga 3 gektar yer ajratilgan, buj uda kata joyda boshpanani o‘zini, karantin zonasini joylashtirish va hatto o‘z klinikamizni ochishimiz mumkin.
Hozir qaramog‘imizdagi hayvonlarni sterilizasiya qilish muammosi mavjud, bizda hayvonlar operatsiyadan keyingi davrda joy ham yo‘q.

Hayvonlarni posyolkamizdan shaharga olib kelish ham juda muammoli ish.
Shu sababli maqsadimiz operatsiyani shu yerning o‘zida o‘tkazish uchun axtalash va sterilizasiyalashga lisenziya olish.

Hozirda operatsiya o‘tkazish uchun uskunalar va tahlillar uchun asboblar yetkazib berishga tayyor bo‘lgan horijiy tashkilotlar bilan muzokaralar olib bormoqdamiz.
Hozirda hududda vaqtinchalik vol'erlar qurdik.
Bo‘lajak boshpanamizning to‘liq loyihasi ham bor. Mahalliy yirik kompaniyalardan biri boshpana qurilishini o‘z zimmasiga olishi mumkin, chunki o‘z kuchimiz bilan bu ishni amalga oshirishimizga imkon yo‘q.

Lekin biz faollik bilan izlanishdamiz, yaqin kunlarda hayvonlarimizga yaxshi, issiq boshpana qurishga umid qilamiz.
Vatanimiz uchun bu yirik va ahamiyatli loyihadir.